Vyetnamlik sayyoh O‘zbekiston xalqi haqidagi ijobiy fikrlarini bildirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Vyetnamlik sayyoh O‘zbekiston xalqi haqidagi ijobiy fikrlarini bildirdi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan yoqimsiz hodisa ortidan jamoatchilik e’tiboriga tushgan vetnamlik sayyoh mamlakatimizdagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Avvalroq mast holatdagi shaxs tomonidan yo‘li to‘silganiga qaramay, xorijlik mehmon O‘zbekiston haqidagi ijobiy qarashlari o‘zgarmaganini ta’kidladi. Sayyoh o‘zining sayohati davomida mahalliy aholining samimiy munosabati va yuksak mehmondo‘stligidan nihoyatda mamnun ekanini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yurtimiz bo‘ylab harakatlanar ekan, odamlar unga juda iliq munosabatda bo‘lib, har qadamda yordam qo‘lini cho‘zmoqda va yaxshi kutib olmoqda. Vyetnamlik sayyoh mahalliy aholining xushmuomalaligi uning safar xotiralarida chuqur iz qoldirganini qayd etdi.

Shuningdek, u o‘zi duch kelgan yagona noxush holat butun mamlakat va xalq haqida xulosa chiqarish uchun asos bo‘la olmasligini, aksincha, o‘zbek xalqining haqiqiy yuzi aynan samimiyat va ochiq ko‘ngillikda namoyon bo‘lishini qo‘shimcha qildi. Bugungi kunda u o‘zini O‘zbekistonda xavfsiz va qulay his qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish