OnePlus va Realme kompaniyalari faoliyatini birlashtirdi
OnePlus va Realme brendlari o'z tuzilmasini keng ko'lamda qayta tashkil etib, faoliyatini birlashtirishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashri insayderlarga tayanib xabar berishicha, ushbu o'zgarishlar doirasida Xitoy va xalqaro bozorlar uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi yagona tadqiqot markazi tashkil etilgan. Hozircha kompaniyalar ushbu ma'lumot bo'yicha rasmiy bayonot bermadi.
Yangi tashkil etilgan tuzilmaga Li Sze rahbarlik qilishi belgilandi. U o'z faoliyatini bevosita Lyu Szuoxu boshqaruvida olib boradi.
Shuningdek, Realme kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti Van Vey tadqiqot markazi bosh direktorining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Biznesni rivojlantirish yo'nalishidagi yangi bo'limga esa Li Binchjun mas'ul etib belgilandi.
Marketing va xizmat ko'rsatish tizimlarini muvofiqlashtirish vazifasi Syuy Tsi zimmasiga yuklatildi. Ta'kidlash joizki, har ikki brend Oplus xoldingi tarkibiga kiradi va OPPO kompaniyasi boshqaruvi ostida faoliyat yuritadi.
Mazkur qayta tashkil etish jarayoni brendlar o'rtasida ishlab chiqarish quvvatlari hamda texnologik ishlanmalardan birgalikda foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0