Kosonda yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Kosonda yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yer maydonini noqonuniy yo‘l bilan xususiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, O. Naimov ismli fuqaro o‘zini Javohir deb tanishtirib, atrofdagilarni chuv tushirish bilan shug‘ullangan.

U tuman hokimligi tomonidan ijaraga berilgan dehqon xo‘jaligi yerini sotib olish istagida bo‘lgan I. Murodullayevning ishonchiga kirib, yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga undan katta miqdordagi mablag‘ talab qilgan.

Firibgar o‘z harakatlarini oqlash maqsadida hokimiyat organlarida nufuzli tanishlari borligini va qarindoshlari orqali barcha hujjatlarni tez fursatda hal qilib berishini aytib, jabrlanuvchini ishontirishga uringan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O.

Naimov kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolarni yer maydonlarini olish yoki xususiylashtirish bilan bog‘liq masalalarda faqat qonuniy tartib-qoidalarga amal qilishga va shubhali shaxslarning aldovlariga uchramaslikka chaqirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish