
Andijon viloyatida mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq navbatdagi noqonuniy holat aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ma’lumot berishicha, fuqarolardan birining xonadonini kanalizatsiya tizimiga ulash uchun zarur bo‘lgan texnik shartlarni rasmiylashtirib berish evaziga 8,5 ming dollar miqdorida mablag‘ talab qilingan. Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida kelishilgan pul mablag‘ini olayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Dastlabki surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, ushbu noqonuniy harakatlar «Andijon suv ta’minoti» aksiyadorlik jamiyatining Jalaquduq tumani filiali boshlig‘ining bevosita topshirig‘i asosida amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda mazkur fakt bo‘yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayonida ushbu jinoyatga aloqador boshqa shaxslar ham borligi tekshirilmoqda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur vaziyat yuzasidan barcha zaruriy ekspertiza va protsessual choralar ko‘rilmoqda.
Aybdor shaxslarning qilmishiga qonun doirasida baho berilishi ta’minlanadi.






Izohlar
0