AvtoVAZ» korxonasi yangi krossoverni ishlab chiqarish uchun modernizatsiya qilinmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

AvtoVAZ» korxonasi yangi krossoverni ishlab chiqarish uchun modernizatsiya qilinmoqda"AvtoVAZ" korxonasi "Lada Azimut" modelini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

Rossiyaning "AvtoVAZ" zavodi may oyidagi rejali tanaffusdan yangi "Lada Azimut" modelini ishlab chiqarish jarayonlarini sozlash uchun foydalanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashri bergan ma'lumotga ko'ra, korxonada modernizatsiya ishlari allaqachon boshlangan va yaqin haftalar ichida yakuniga yetkazilishi ko'zda tutilgan. Zavod ishchilari uchun 1-maydan 13-mayga qadar ta'til e'lon qilingan.

Modernizatsiya jarayonlariga bevosita jalb etilmagan xodimlar uchun 14-15 may kunlari ham ishlanmaydigan kunlar hisoblanadi, biroq ularning ish haqi to'liq saqlab qolinadi. Shundan so'ng korxona odatiy ish tartibiga bosqichma-bosqich qaytishi belgilangan.

Tolyattidagi ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash loyihasiga 500 mln rubldan ortiq sarmoya kiritilmoqda. Asosiy mablag'lar "Lada Azimut" uchun texnologik uskunalarni o'rnatish hamda "Lada Niva" avtomobillarini yig'ish liniyasini takomillashtirishga sarflanadi.

Shuningdek, dvigatel ishlab chiqarish tarmog'ida ham o'zgarishlar amalga oshiriladi: 1,6 va 1,8 litr hajmli agregatlarni tayyorlash uchun maxsus markazlar tashkil etiladi. Rejaga ko'ra, barcha texnik ishlar 2026 yil 18-mayga qadar nihoyasiga yetkazilishi lozim.

"Lada Azimut" krossoverini seriyali ravishda ishlab chiqarish sentyabr oyida boshlanishi, sotuvlar esa 2026 yilning to'rtinchi choragida yo'lga qo'yilishi kutilmoqda. Yangi avtomobilning narxi 2,2 mln rubldan 2,5 mln rublgacha bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish