AQSh Oliy sudi politsiya tomonidan raqamli ma'lumotlar yordamida gumonlanuvchilarni aniqlash tartibini ko'rib chiqmoqda
AQSh Oliy sudi huquq-tartibot idoralariga yirik texnologik kompaniyalar ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda jinoyatchilarni qidirishga ruxsat berish masalasini o'rganishga kirishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Techcrunch.com nashrining yozishicha, ushbu sud jarayoni mamlakatdagi raqamli maxfiylik huquqlarining kelajagini belgilab berishi mumkin. Muhokamalar markazida "geofence" deb nomlanuvchi qidiruv orderlari turibdi.
Mazkur mexanizm politsiyaga Google kabi gigantlardan muayyan vaqt va hududda bo'lgan barcha foydalanuvchilarning joylashuvi haqidagi ma'lumotlarni olish imkonini beradi. Fuqarolik erkinliklari himoyachilari ushbu amaliyotni AQSh Konstitutsiyasiga zid deb hisoblamoqda.
Ularning ta'kidlashicha, bunday usul jinoyatga aloqador bo'lmagan minglab begunoh fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlari huquq-tartibot organlari qo'liga o'tishiga sharoit yaratadi. Mazkur sud ishi 2019-yilgi bank o'g'riligida ayblangan Okello Chatrie ishi asosida ko'rilmoqda.
O'shanda politsiya Google ma'lumotlari orqali voqea joyi yaqinida bo'lgan uch kishini, jumladan, Chatrieni aniqlagan edi. Advokatlar hukumatning avval barchani tintuv qilib, so'ngra shubhalanuvchini ajratib olishini noqonuniy deb atamoqda.
So'nggi yillarda AQShda bunday so'rovlar soni sezilarli darajada ko'paygan. Google har yili federal agentliklar va politsiyadan minglab shunday murojaatlarni qabul qilmoqda.
Oliy sudning yakuniy qarori 2024-yil yakunigacha e'lon qilinishi kutilmoqda.