Snapchat sun'iy intellekt asosida yangi reklama tizimini joriy etdi

0
Snapchat sun'iy intellekt asosida yangi reklama tizimini joriy etdiSnapchat foydalanuvchilari brendlarning sun'iy intellekt agentlari bilan muloqot qiladi Snapchat ijtimoiy tarmog'i reklama beruvchilar uchun "AI Sponsored Snaps" deb nomlangan yangi funksiyani joriy etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Techcrunch.com nashrining yozishicha, ushbu loyiha doirasida chat bo'limidagi e'lonlar interaktiv ko'rinishga keltirilib, foydalanuvchilarga sun'iy intellekt agentlari bilan bevosita savol-javob qilish hamda mahsulotlar bo'yicha tavsiyalar olish imkonini beradi. Snap kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda chat-bot xizmati yo'lga qo'yilganidan buyon 500 mln nafardan ortiq kishi ushbu texnologiyadan foydalangan.

Kompaniyaning biznes bo'yicha direktori Ajit Mohan chat bo'limi endilikda mahsulotlarni kashf etish va xarid bo'yicha tezkor qaror qabul qilish maydoniga aylanganini qayd etdi. Platformaning oylik faol foydalanuvchilari soni 1 mlrd kishiga yaqinlashmoqda.

Dastlabki tahlillar natijasida yangi reklama formati xaridlar hajmini 22 % ga oshirishi va har bir harakat uchun sarflanadigan xarajatlarni qariyb 20 % ga kamaytirishi aniqlandi. Hozirda foydalanuvchilarning 85 % i har kuni chat bo'limidan foydalanmoqda.

2026-yilning birinchi choragida yuborilgan xabarlar soni 950 mlrd donadan oshgani ushbu yo'nalishning reklama beruvchilar uchun yuqori samaradorlikka ega ekanini tasdiqlaydi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari