Nijniy Novgorod delegatsiyasi bilan O'zbekistonda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishildi

0
Nijniy Novgorod delegatsiyasi bilan O'zbekistonda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishildi
Nijniy Novgorod viloyati hukumati vakillaridan iborat delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga viloyat hukumati raisining o'rinbosari Dmitriy Starostin boshchilik qildi. Muzokaralar natijasida axborot texnologiyalari, sanoat, qishloq xo'jaligi va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif davomida Rossiya delegatsiyasi bir qator vazirliklar va viloyat rahbarlari bilan uchrashdi. Xususan, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi hamda Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari vakillari bilan fikr almashildi. Uchrashuvlarda Nijniy Novgorod IT-kompaniyalarini O'zbekiston bozoriga jalb qilish va «NEYMARK» IT-kampusi bilan hamkorlikdagi ta'lim loyihalarini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Delegatsiya a'zolari «Chirchiq» sanoat texnoparkini ziyorat qilib, u yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari va Rossiya kompaniyalarining faoliyati bilan tanishdi. Hozirda texnoparkda 28 ta kompaniya faoliyat ko'rsatmoqda. Delegatsiya rahbari Dmitriy Starostinning ta'kidlashicha, ushbu texnopark Rossiya korxonalari uchun yanada keng imkoniyatlarga ega.

Muzokaralar chog'ida Nijniy Novgorod viloyatidan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini yetkazib berish, qishloq xo'jaligi sohasidagi loyihalarni rivojlantirish va texnik mutaxassislar almashinuvi masalari muhokama qilindi. Rossiyalik vakillar Toshkentda o'tkazilgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko'rgazmasida ham ishtirok etib, o'z mahsulotlarini namoyish etishdi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Iqtisodiyot yangiliklari