Yaponiya migratsiya qonunlarini buzgan ikki nafar o'zbekistonlikni deportatsiya qildi

0
Yaponiya migratsiya qonunlarini buzgan ikki nafar o'zbekistonlikni deportatsiya qildiYaponiya ikki nafar o'zbekistonlikni deportatsiya qildi Yaponiya immigratsiya xizmati agentligi 24 aprel 2024 yil kuni mamlakat migratsiya qonunlarini buzgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosini respublikadan chiqarib yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uzdaily.uz nashrining rasmiy ma'lumotlarga tayanib xabar berishicha, mazkur shaxslar viza tartibiga rioya qilmasdan, hududda noqonuniy ravishda bo'lib kelgan. Surishtiruv natijasida aniqlanishicha, fuqarolardan biri Yaponiyaga talaba sifatida kelgan.

Biroq u o'quv dargohidan chetlatilgach, yashash uchun qonuniy asosini yo'qotgan bo'lsa-da, mamlakatni tark etmagan. Ikkinchi fuqaro esa qisqa muddatli viza bilan kirib kelib, ruxsat etilgan muddat yakunlanganidan keyin ham Yaponiya hududida qolgan.

Yaponiya rasmiy idoralari turistik, ishbilarmonlik yoki qarindoshlarni yo'qlash maqsadida beriladigan qisqa muddatli vizalar mehnat faoliyati bilan shug'ullanish huquqini bermasligini yana bir bor eslatdi. Shuningdek, o'qish vizasiga ega shaxs ta'lim jarayonidan chetlashtirilsa, uning mamlakatda qolish huquqi o'z-o'zidan bekor qilinadi.

Immigratsiya organlari qonunbuzarlarga nisbatan qat'iy choralar, jumladan, maxsus markazlarda hibsga olish va majburiy deportatsiya qilish tartibi qo'llanilishini ma'lum qildi. Rasmiylar xorijliklarni turistik yoki ta'lim vizalari orqali ishga joylashtirishni va'da qilayotgan turli vositachilarning aldoviga uchmaslikka chaqirdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari