Yaponiya viza tartibini buzgan ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

0
Yaponiya viza tartibini buzgan ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildiYaponiya viza tartibini buzgan ikki o'zbekistonlikni deportatsiya qildi Yaponiya hududida viza muddati tugaganidan keyin ham noqonuniy ravishda yashab kelgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi rasmiy bayonot berib, xorijiy davlat qonunchiligiga rioya qilish zarurligini eslatib o'tdi. Aniqlanishicha, ushbu shaxslarning biri Yaponiyaga talabalik vizasi bilan kelgan.

Biroq u o'quv muassasasidan chetlatilganidan so'ng, yashash huquqi bekor qilingan bo'lsa-da, mamlakatni tark etmagan. Ikkinchi fuqaro esa qisqa muddatli viza bilan kirib kelib, ruxsat etilgan muddat yakunlangach, noqonuniy ravishda qolishni davom ettirgan.

Yaponiya qonunchiligiga ko'ra, qisqa muddatli vizalar bilan kelgan shaxslarga ishlash faoliyati bilan shug'ullanish qat'iyan taqiqlanadi. Talabalik vizasi esa faqat ta'lim olish maqsadida beriladi va o'qish jarayoni to'xtatilgan taqdirda, mazkur hujjat o'z kuchini yo'qotadi.

Diplomatik vakolatxona mutaxassislari turistik yoki o'quv vizalari orqali xorijda uzoq muddat qolish yoki mehnat faoliyatini amalga oshirish mumkinligi haqidagi asossiz ma'lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi. Belgilangan tartibni buzgan shaxslar hibsga olinishi va majburiy tartibda deportatsiya qilinishi ta'kidlandi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari