Ibrohim Totlisas o'zining barcha merosini davlatga vasiyat qildi

0
Ibrohim Totlisas o'zining barcha merosini davlatga vasiyat qildiIbrohim Totlisas merosini davlatga vasiyat qildi Turkiyalik taniqli san'atkor Ibrohim Totlisas o'zining barcha mol-mulkini farzandlariga emas, balki davlat ixtiyoriga qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xonanda 22 aprel kuni shifoxonadan chiqish vaqtida "Cumhuriyet" nashriga bergan intervyusida ushbu vasiyatini e'lon qildi. San'atkorning ta'kidlashicha, uning boyligi shaxsiy mehnati evaziga to'plangan va u ushbu mablag'larni o'zi munosib ko'rgan tarzda tasarruf etish huquqiga ega.

Totlisas ayrim farzandlari oilaviy munosabatlarga putur yetkazgani va og'ir damlarda uning holidan xabar olmaganidan norozi ekanini bildirdi. Xususan, u o'g'li Ahmadni nazarda tutib, "alifbodan 'A' harfini o'chirib tashlagani"ni aytdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xonandaning umumiy boyligi 150 mln dollardan 850 mln dollargacha baholanadi. Uning turli shaharlarda, jumladan, Bodrum va Izmirda mehmonxonalari, ko'chmas mulklari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda xususiy telekanallari mavjud.

Ibrohim Totlisas o'zining tug'ilgan shahri Shonliurfada zamonaviy tibbiy markaz tashkil etish tashabbusi bilan ham chiqdi. U mazkur hududdagi 4,5 sotix yer maydonini shifoxona qurish uchun taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, san'atkor o't pufagidagi bakterial xastalik sabab 11 aprel kuni jarrohlik amaliyotini o'tagan edi. Shifokorlar muvaffaqiyatli operatsiyadan so'ng uning salomatligi tiklanganini tasdiqlab, uyiga javob berishdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari