Rossiyalik boylar Yangi Zelandiyadan xavfsiz boshpana qidirmoqda

0
Rossiyalik boylar Yangi Zelandiyadan xavfsiz boshpana qidirmoqdaRossiyalik boylar Yangi Zelandiyadan xavfsiz boshpana qidirmoqda Dunyo miqyosida geosiyosiy keskinlik va ehtimoliy global to'qnashuvlar haqidagi xavotirlar ortishi fonida rossiyalik badavlat shaxslar Yangi Zelandiyadan ko'chmas mulk sotib olishga alohida qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tahlillarga ko'ra, ushbu mamlakat xavfsiz hudud sifatida ko'rilayotgani sababli u yerda uy-joyga bo'lgan talab qariyb uch baravarga oshgan. Ayniqsa, maxsus bunkerlar bilan jihozlangan hamda tashqi dunyodan uzilgan holda yashash imkonini beruvchi avtonom energiya va suv tizimiga ega xonadonlar xaridorgir bo'lib bormoqda.

Asosiy talab Yangi Zelandiyaning Oklend, Vellington va Kraystcherch kabi yirik shaharlariga qaratilgan. Mazkur hududlarda ko'chmas mulk narxlari sezilarli darajada ko'tarilib, hozirda takliflar 300 ming AQSh dollaridan 2,5 mln AQSh dollargacha bo'lgan oraliqni tashkil etmoqda.

Mutaxassislar ushbu tendensiyani jahondagi beqarorlik va kelajakka nisbatan noaniqliklar bilan izohlamoqda. Moliyaviy imkoniyati yuqori bo'lgan qatlam vakillari ehtimoliy xavflardan uzoqroqda, tinch va barqaror sharoitda zaxira "panohgoh" tayyorlashni maqsad qilgan.

Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, bunday intilishlar global ko'chmas mulk bozoridagi narxlar kon'yunkturasiga ham o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari