
Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi 51 yoshli Ella Lav o‘z faoliyatida keskin burilish yasab, pedagogik sohani tark etdi va professional quchoqlash xizmatini ko‘rsatish bilan shug‘ullana boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
U o‘zining yangi kasbi orqali moliyaviy barqarorlikka erishganini hamda muvaffaqiyatli davrlarda yillik daromadi 100 ming dollargacha yetishini ma’lum qilgan. Ella Lav o‘zining mehnat faoliyatini tahlil qilar ekan, avvalgi ish tajribasiga to‘xtalib o‘tdi.
Unga ko‘ra, u Nyu-Yorkdagi davlat maktablarida 13 yil davomida san’at fanidan o‘quvchilarga saboq bergan. 2017 yilda professional quchoqlash xizmati haqida xabardor bo‘lgach, ushbu yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan onlayn kursni muvaffaqiyatli tamomladi.
Ta’lim tizimidagi faoliyatini yakunlab, butunlay yangi sohaga o‘tishga qaror qilgan ayol bugungi kunda o‘z tanlovidan mamnun ekanligini ta’kidlamoqda. Ushbu xizmat turi insonlar o‘rtasidagi hissiy qo‘llab-quvvatlash va muloqotga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.






Izohlar
0