Ho'rmuz bo'g'ozi yaqinida savdo kemalariga ikki marta hujum qilindi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Ho'rmuz bo'g'ozi yaqinida savdo kemalariga ikki marta hujum qilindiHo'rmuz bo'g'ozida savdo kemalariga ikki marta hujum qilindi

Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo amaliyotlari boshqarmasi (UKMTO) Ho'rmuz bo'g'ozi yaqinida savdo kemalariga nisbatan ikki marta hujum uyushtirilganini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Birinchi hodisa BAAdan taxminan 78 dengiz mili shimolda sodir bo'lib, tankerga noma'lum snaryadlar kelib tushgani qayd etildi. Ikkinchi hujum Eronning Sirik shahri yaqinida yuz berdi.

Unda bir nechta kichik qayiqlar yuk kemasiga hujum qilgani ma'lum qilindi. Mazkur nuqta birinchi hodisa joyidan 11 dengiz mili uzoqlikda joylashgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, har ikki holatda ham ekipaj a'zolari orasida jabrlanganlar yo'q. Avvalroq Tramp savdo kemalarini bo'g'ozdan xavfsiz olib chiqish bo'yicha maxsus operatsiya boshlanganini e'lon qilgan edi.

Eron hukumati esa bunday harakatlarni amaldagi sulh shartlariga zid deb hisoblashini bildirdi. Hozirda hududda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish