Global inqiroz: dunyo bo'ylab energetika va logistika muammolari kuchaydi

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

Global inqiroz: dunyo bo'ylab energetika va logistika muammolari kuchaydiGlobal iqtisodiyot inqiroz yoqasida: Energetika va logistika muammolari dunyo sanoatiga zarba berdi

Jahon iqtisodiyoti jiddiy bosim ostida qolmoqda va uning salbiy oqibatlari o'nlab davlatlarda kuzatilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

«The New York Times» nashri xabariga ko'ra, global inqiroz turli sohalarda ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishiga sabab bo'ldi. Xususan, Hindiston va Bangladeshda yirik zavodlar faoliyati to'xtatildi.

Yevropada, jumladan, Irlandiya, Polsha va Germaniyada havo qatnovlarida muntazam uzilishlar qayd etilmoqda. Janubi-sharqiy Osiyoning Vetnam, Janubiy Koreya va Tailand kabi davlatlarida elektr energiyasi iste'moliga cheklovlar o'rnatildi.

Yaponiya avtomobilsozlik, Hindiston esa metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga majbur bo'ldi. Xitoyda sanoat korxonalari yopilishi natijasida ishchilar ommaviy ravishda daromad manbaidan ayrilmoqda.

Inqirozning asosiy omili sifatida infratuzilmaga qilingan hujumlar hamda Ho'rmuz bo'g'ozi atrofidagi beqarorlik ko'rsatilmoqda. Ushbu hodisalar neft, gaz va o'g'itlar narxining keskin oshishiga olib keldi.

Oqibatda xalqaro bozorda alyuminiy, geliy va mikrochiplar tanqisligi yuzaga keldi. Shuningdek, aviakerosin narxi qimmatlashishi sababli dunyoning eng yirik aviakompaniyalari reyslar sonini qisqartirdi.

Bu holat turizm va biznes sohalariga bevosita salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mutaxassislar prognoziga ko'ra, jangovar harakatlar yaqin vaqt ichida to'xtagan taqdirda ham, energiya resurslari narxining yuqori darajasi kelgusi yillarda ham saqlanib qolishi mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish