Eron hujumlari natijasida AQShning Yaqin Sharqdagi 16 ta harbiy obyekti zarar ko'rdi
Eron tomonidan amalga oshirilgan harbiy zarbalar oqibatida AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi qator strategik inshootlari jiddiy talofat ko'rdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
CNN telekanali bergan ma'lumotga ko'ra, kamida 16 ta harbiy baza va obyektdagi faoliyat to'xtagan yoki ularning ish qobiliyati sezilarli darajada pasaygan. Hujumlar natijasida infratuzilmaning katta qismi shikastlangani va bu holat AQSh harbiy salohiyatiga ta'sir ko'rsatgani ta'kidlanmoqda.
Mintaqadagi muhim nuqtalarga qaratilgan zarbalar harbiy tizimni zaiflashtirgan. Xususan, Qatarda joylashgan "Al-Udeid" aviabazasiga ikki marta hujum uyushtirilgan.
Mazkur baza hududidagi havo harakatini nazorat qilish markazi shikastlanishi oqibatida havo operatsiyalarini muvofiqlashtirish jarayoni vaqtincha to'xtab qoldi. Ushbu markaz mintaqadagi parvozlarni boshqarishda asosiy bo'g'in hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda Vashington ma'muriyati mazkur hodisalar yuzasidan rasmiy bayonot bermadi. Shunga qaramay, harbiy obyektlarning ishdan chiqishi bilan bog'liq vaziyat xalqaro siyosat maydonida faol muhokama qilinmoqda.
Ekspertlar vaziyatning yanada keskinlashishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0