Real Madrid Maykl Oliseni jamoaga jalb etishni rejalashtirmoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Real Madrid Maykl Oliseni jamoaga jalb etishni rejalashtirmoqda
Madridning «Real» klubi tarkibni kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, klub rahbariyati «Bavariya» vakili, fransiyalik yulduz vinger Maykl Olisega jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Sport» nashrida chop etilgan maqolada qayd etilishicha, «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres ushbu transfer g‘oyasidan voz kechmoqchi emas.

Biroq madridliklar kelishuvga erishishda «iflos o‘yinlar»dan foydalanmaslikka qaror qilishgan. «Real» rahbariyati «Bavariya» klubiga nisbatan hurmat saqlagan holda, barcha muzokaralarni rasmiy darajada va shaffof tarzda olib borishni rejalashtirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Peres ushbu futbolchini jamoaga jalb qilish masalasida qat’iy pozitsiyada turibdi. Transfer jarayonida fransiyalik yulduz Kilian Mbappening tavsiyalari muhim rol o‘ynagan.

Shuningdek, mutaxassislar va murabbiylar shtabining fikrlari ham inobatga olingan. Mutaxassislarning fikricha, garchi bu murakkab bitim bo‘lsa-da, uni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Ayniqsa, braziliyalik hujumchi Vinisius Junior 2027-yilda jamoani tark etishga qaror qilsa, Olise uning o‘rnini bosadigan asosiy nomzodga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» klubi avvalroq Maykl Oliseni har qanday katta taklif evaziga ham sotish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Shunga qaramay, «Real» vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish