
Angliya Premyer-ligasining Manchester Siti klubiga nisbatan ilgari surgan moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ayblovlari va ushbu vaziyat ortidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jiddiy sanksiyalar Yevropa futbolining yetakchi jamoalari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur holat grand klublarni faol harakatga undamoqda. SPORT nashri tomonidan tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Madridning Real klubi rahbariyati ingliz jamoasidagi beqarorlikdan unumli foydalanishni rejalashtirmoqda.
Ispaniya grandi Manchester Siti tarkibidagi yulduz futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini jiddiy tahlil qilmoqda. Agar klubga nisbatan qat’iy jazo choralari qo‘llanilsa, bu holat transfer bozorida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.
Hozirgi kunda Yevropaning boshqa nufuzli jamoalari ham vaziyatning rivojlanishini kuzatmoqda va Manchester Siti futbolchilarining kelajagi borasidagi aniq qarorlarni kutmoqda. Klublar o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka harakat qilmoqda.






Izohlar
0