"Real Madrid" himoyachisi Militao besh oyga safdan chiqdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish1

"Real Madrid" himoyachisi Militao besh oyga safdan chiqdi
Madridning «Real Madrid» klubi markaziy himoyachisi Eder Militao mushaklaridan olgan jarohati sababli jamoasiga yordam bera olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Braziliyalik futbolchining tiklanish jarayoni kutilganidan ancha uzoq davom etishi ma’lum bo‘ldi. «The Touchline» nashrining jurnalist Abraxam Romeroga tayanib xabar berishicha, Militao shu haftada Finlyandiyada tajribali mutaxassislar nazoratida jarrohlik amaliyotini o‘taydi.

Operatsiyadan keyingi tiklanish davri taxminan besh oyni tashkil etishi kutilmoqda. Bu esa himoyachining joriy mavsumdagi ishtiroki yakunlanganini va u faqat kuz oylariga kelibgina maydonga qaytishini anglatadi.

«Real Madrid» navbatdagi uchrashuvini 3-may, yakshanba kuni safarda «Espanol» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Hozirda madridliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan 11 ochko ortda qolmoqda.

Militaoning yo‘qligi jamoa mudofaa chizig‘i uchun jiddiy yo‘qotish deb baholanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish