
«Espanol» va «Levante» uchrashuvida hisob ochilmadi Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida «Espanol» o'z maydonida «Levante» jamoasini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Barselonadagi «Kornelya-El Prat» stadionida bo'lib o'tgan bahsda muxlislar darvozalarga gol urilganiga guvoh bo'lishmadi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O'yinning so'nggi daqiqalari mezbonlar uchun omadsiz keldi. «Espanol» a'zosi Pol Losano bir daqiqa ichida ikki marta sariq kartochka olib, maydonni muddatidan avval tark etdi va jamoasini bir kishi kam bo'lib qolishiga sababchi bo'ldi.
Kataloniya klubi ushbu bahsda ham g'alaba qozona olmadi va o'z ishqibozlarini yana bir bor ranjitdi. Jamoaning g'alabasiz seriyasi 16 ta o'yinga yetdi.
Shuni ta'kidlash joizki, klub 2026-yil hisobidan hali biror marta ham g'alaba nashidasini surgani yo'q. Hozirda «Espanol» 39 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 13-o'ringa ko'tarilib oldi.
«Levante» esa turnir jadvalining quyi pog'onalarida qolmoqda. Jamoa hisobida 33 ochko mavjud bo'lib, ular 19-o'rinni egallab turibdi.
Kelgusi turlarda ushbu klub elitada jon saqlab qolish uchun jiddiy kurash olib borishi kutilmoqda.