"Real Madrid" Arda Gulerning jarohati haqida ma'lumot berdi

0
"Real Madrid" Arda Gulerning jarohati haqida ma'lumot berdi
"Real Madrid" matbuot xizmati jamoa yarim himoyachisi Arda Guler jarohat olganini rasman e'lon qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Madrid klubi tibbiy xizmati tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar natijasida turkiyalik futbolchining o'ng oyoq son biseps mushaklari shikastlangani aniqlangan. OAVda tarqalgan xabarlarga ko'ra, ushbu jarohat sababli Guler joriy mavsumda boshqa maydonga tushmasligi mumkin.

Biroq mutaxassislar futbolchining Jahon chempionati startiga qadar tiklanishga ulgurishini taxmin qilmoqda. Hozirda klub shifokorlari uning salomatligini nazoratga olgan.

Ma'lumot uchun, Arda Guler joriy mavsumda "Real Madrid" safida barcha turnirlar doirasida jami 50 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U mazkur o'yinlar davomida raqiblar darvozasiga 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Gulerning safdan chiqishi mavsum yakunida madridliklar uchun jiddiy yo'qotish bo'lishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari