
Italiyaning "Napoli" klubi bosniyalik yosh iqtidor sohibi Kerim Alaybegovichni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda "Sportitalia" nashri xabar bermoqda. Alaybegovich Bosniya va Gersegovina hamda Italiya terma jamoalari o'rtasidagi pley-off bahslarida o'zini ko'rsatib, skautlar e'tiborini tortdi.
Aynan uning muvaffaqiyatli harakatlari sababli Italiya terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasidan mahrum bo'lgan edi. Shundan so'ng A Seriyaning bir qator grand klublari futbolchiga qiziqish bildira boshladi.
Dastlab "Roma" va "Milan" iqtidorli o'yinchini kuzatgan bo'lsa, ayni paytda "Napoli" bu poygada peshqadamlik qilmoqda. E'tiborli jihati shundaki, Alaybegovichda Germaniyaning "Bayer" klubi bilan yozgi transfer oynasida kuchga kiradigan amaldagi shartnomasi mavjud.
Biroq Germaniya chempionati vakili bilan kelishuv borligiga qaramay, futbolchi atrofidagi shov-shuvlar va transfer bo'yicha qiziqishlar to'xtagani yo'q. Italiya klublari yosh iqtidor egasini o'z tarkibiga jalb etish uchun sa'y-harakatlarni davom ettirmoqda.