Kerim Alaybegovich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirmoqchi

0
Kerim Alaybegovich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirmoqchi
Bosniyalik yosh iqtidor sohibi Kerim Alaybegovichning kelajagi Italiya chempionati bilan bog‘lanishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Appenin yarim oroli OAVlari ushbu transfer amalga oshishiga to‘liq ishonch bildirishmoqda. Ta’kidlash joizki, A Seriya an’anaviy tarzda Bolqon yarim oroli mamlakatlari, xususan, sobiq Yugoslaviya respublikalari hamda Albaniyadan kelgan futbolchilar uchun eng mos keladigan chempionatlardan biri hisoblanadi.

Nufuzli italiyalik jurnalist Janni Di Marsioning xabar berishicha, Alaybegovichning o‘zi ham faoliyatini aynan Italiya oliy divizionida davom ettirishni orzu qilmoqda. Ayni paytda A Seriyaning bir qator klublari futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishga va uni Italiyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga tayyor ekani bildirilmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, Di Marsio o‘z xabarida "Milan" klubini tilga olmadi. Vaholanki, dastlab ushbu jamoa Alaybegovichga katta qiziqish bildirayotgan da’vogarlar qatorida qayd etilgan edi.

Hozircha futbolchining keyingi manzili borasida muzokaralar davom etmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari