Ravshan Ermatov Portugaliya bilan o‘yindagi mag‘lubiyatga izoh berdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Ravshan Ermatov Portugaliya bilan o‘yindagi mag‘lubiyatga izoh berdiPortugaliya terma jamoasidan uchralgan yirik 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat futbol jamoatchiligi hamda ekspertlar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yuzaga kelgan ushbu vaziyat yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov o‘z munosabatini bildirdi. Assotsiatsiya rahbari milliy terma jamoa atrofida shakllanayotgan salbiy munosabatni yumshatish maqsadida, omma va mutaxassislarni bo‘lib o‘tgan o‘yinni xotirjam hamda real baholashga chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, hisob 0:2 bo‘lib turgan pallada jamoa o‘z o‘yin uslubini o‘zgartirishga urindi va tavakkalchilikka qo‘l urdi. Aynan shu omil yakunda yirik hisobdagi mag‘lubiyatga olib keldi.

Ermatovning fikricha, bunday natijalar xalqaro tajriba orttirish yo‘lida muqarrar bo‘lishi mumkin va jamoaning kelgusi o‘yinlarda xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishi muhim ahamiyat kasb etadi. Futbol rasmiysi jamoani qo‘llab-quvvatlash va bosimni kamaytirish orqali kelgusida ijobiy natijalarga erishish mumkinligiga ishonch bildirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish