
Fransiya chempionatining navbatdagi turida PSJ safarda "Anje" mehmoni bo'lib, 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng Luis Enrike shogirdlari turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisi "Lans"dan olti ochkoga o'zib ketdi. Parijliklar tarkibida Kan-In Li, Senni Mayulu va Lukas Beraldo o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
G'alabaga qaramay, PSJ o'yinida ayrim kamchiliklar ko'zga tashlandi. Xususan, himoyachi Ashraf Hakimi birinchi bo'limda faol bo'lishiga qaramay, mudofaa chizig'ida xatolarga yo'l qo'ydi.
U raqib futbolchisi Ekomining qarshi hujumlarini to'xtatishda oqsadi va tanaffusda zaxiraga olindi. Uning o'rniga maydonga tushgan Dro Fernandes ham o'yinni kuchaytira olmadi.
Uchrashuvning eng salbiy qahramoniga aylangan Gonsalu Ramush jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Hujumchi o'yin davomida faollik ko'rsatgan bo'lsa-da, intizomsizlik qurboni bo'ldi.
Ramush raqib darvozaboni Koffiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Natijada PSJ uchrashuvning so'nggi qismini bir kishi kam bo'lib yakunlashga majbur bo'ldi.
Endilikda parijliklar bor e'tiborini Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi bo'ladigan muhim bahsga qaratadi.