Enrike: «Beraldo ko'proq Busketsga o'xshash xususiyatlarga ega»

0
Enrike: «Beraldo ko'proq Busketsga o'xshash xususiyatlarga ega»
Enrike: «Beraldo "Bavariya"ga qarshi o'yinda tayanch yarim himoyasida harakat qilishi mumkin» PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Anje" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) markaziy himoyachi Lukas Beraldoning yangi ampluasi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Murabbiy braziliyalik futbolchini tayanch yarim himoyasi hududida sinab ko'rish qarorini izohladi. Enrikening ta'kidlashicha, Beraldo o'zining o'yin uslubi bilan ko'proq Serxio Busketsni eslatib yuboradi.

Murabbiy futbolchining o'yinni oldinga siljitish qobiliyatini yuqori baholab, uni uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb atadi. Mutaxassis odatda himoyachilarni yarim himoyaga o'tkazishni xush ko'rmasligini, biroq Beraldo bu borada istisno ekanini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, PSJ jamoasi 28-aprel kuni Chempionlar ligasi yarim finali doirasida o'z maydonida "Bavariya"ni qabul qiladi. Mazkur muhim bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Luis Enrike ushbu uchrashuvda ham Beraldoning xizmatlaridan aynan yarim himoya chizig'ida foydalanishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari