O‘zbekiston futbolida 2027 yilgi strategik maqsadlar belgilab olindi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

O‘zbekiston futbolida 2027 yilgi strategik maqsadlar belgilab olindi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda milliy terma jamoalar hamda barcha yosh toifasidagi jamoalarning 2026 yil davomidagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur tadbirda 2027 yilga mo‘ljallangan strategik maqsadlar va ustuvor vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish ishida O‘FA rahbariyati, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, shuningdek, ayollar va erkaklar terma jamoalari murabbiylari hamda U-14 dan U-23 yosh toifasigacha bo‘lgan jamoalar vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida o‘tgan yil mobaynida erishilgan natijalar tanqidiy baholanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, terma jamoalar tayyorgarlik jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, yosh futbolchilar zaxirasini shakllantirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Ishtirokchilar 2027 yilda xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish uchun tizimli ish olib borish zarurligini ta’kidlashdi. Yig‘ilish yakunida terma jamoalar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va vazifalar taqsimlandi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish