Mark Kasado Barselona klubini tark etishga qaror qildi

0
Barselona futbol klubi yarim himoyachisi Mark Kasado joriy yozgi transferlar davrida jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, futbolchi va klub rahbariyati oʻzaro kelishuvga erishgan. Hozirgi kunda Hansi Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan asosiy tarkibda kam imkoniyat berilayotgani sababli, ispaniyalik oʻyinchi oʻz faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishni maʼqul koʻrmoqda.

U oʻz agenti Xorxe Mendesga kelib tushayotgan takliflarni tahlil qilish va transfer boʻyicha muzokaralarni boshlash uchun koʻrsatma bergan. Goal.com nashrining yozishicha, ushbu qarorga jamoa safidagi tarkibiy oʻzgarishlar ham taʼsir koʻrsatgan.

Xususan, Gavi va Mark Bernal kabi yarim himoyachilarning jarohatdan forigʻ boʻlib, qayta safga qoʻshilishi Kasadoning asosiy tarkibdagi oʻrnini yanada xavf ostiga qoʻygan. Natijada futbolchi oʻyin amaliyotini saqlab qolish maqsadida klubni tark etish variantini eng maqbul yoʻl deb hisoblamoqda.

Ayni damda tomonlar yangi takliflarni koʻrib chiqish jarayonida.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari