Luis Dias Harri Keynni Oltin to‘pga asosiy da’vogar deb atadi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Luis Dias Harri Keynni Oltin to‘pga asosiy da’vogar deb atadi


Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Luis Dias o‘z jamoadoshi Harri Keynni 2026-yilgi "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar deb atadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Luis Diasning o‘zi ham Germaniyadagi ilk mavsumidan so‘ng nufuzli mukofotga nomzodlar qatoriga kiritildi. Kolumbiyalik futbolchi "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuv o‘tkazib, 26 ta gol urishga va 19 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

ESPN nashriga bergan intervyusida Dias jamoadoshining mahoratiga yuqori baho berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Keynning maydondagi o‘yini va mashg‘ulotlardagi mehnatkashligi uni hayratda qoldirgan.

Dias Harri Keynni ta’riflash uchun so‘z topish qiyinligini, u chinakam buyuk futbolchi ekanligini ta’kidladi. Vinger o‘z jamoadoshi kelgusida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga chin dildan ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn o‘tgan mavsumda "Bavariya" tarkibida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 61 ta to‘p kiritdi. Shuningdek, u 2026-yilgi jahon chempionatida ham o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ydi.

"Bavariya"dan "Oltin to‘p"ga nomzodlar ro‘yxatiga Luis Dias va Harri Keyndan tashqari, Maykl Olise hamda Dayo Upamekano ham kiritilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish