
Rud Gullit yosh futbolchilarning o'yin yuklamasi bo'yicha o'z fikrini bildirib, "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasiga Lamin Yamal masalasida ehtiyot bo'lishni maslahat berdi. Uning so'zlariga ko'ra, 18 yoshli futbolchining muntazam ravishda yuqori intensivlikdagi o'yinlarda ishtirok etishi uning salomatligiga zarar etkazishi mumkin. Bunday ortiqcha o'yinlar uzoq muddatli jarohatlar xavfini oshiradi, deb hisoblaydi afsonaviy futbolchi.
Gullitning ta'kidlashicha, jamoaning Yamalga bo'lgan qaramligi futbolchining yoshini inobatga olmaganda xavfli bo'lishi mumkin. Uning fikricha, doimiy o'yinlar tufayli yosh futbolchi jarohat olish ehtimoli juda yuqori. Bunday vaziyatni oldin Pedri va Gavi misolida ko'rishgan, shuning uchun e'tiborni kuchaytirish zarur.
Mutaxassisning fikriga ko'ra, yosh futbolchilarga haddan tashqari yuklama berish ularning jismoniy holatiga salbiy ta'sir qiladi va tiklanishni murakkablashtiradi. Yamalning joriy mavsumdagi statistikasi juda ta'sirli: u barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma bergan.
Shu sababli, futbolchining iqtidorini to'g'ri boshqarish juda muhim. Agar unga ortiqcha yuklama berilsa, bu uning faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin, deya ogohlantiradi Rud Gullit. Yosh futbolchilarning salomatligini saqlash va ularni jarohatlardan himoya qilish ustuvor vazifa bo'lishi kerak.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0