
"PSJ" murabbiyi Anri Kombuare hazil bilan Fransiya chempionatida Italiyaning o'zida Seriya A dan ko'ra ko'proq italyan futbolchisi o'ynayotganini ta'kidladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
"PSJ" klubida hozirda uch nafar italyan, jumladan, taniqli hujumchi Chiro Immobile to'p suradi. Kombuarening so'zlariga ko'ra, "PSJ" tarkibida "Yuventus" va "Milan" kabi A seriya grandlaridan ko'ra ko'proq italyan futbolchilari bor.
Uning fikricha, aynan shu omil A seriya klublarining jahon chempionatiga chiqa olmaganligiga sabab bo'lgan. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri Kombuarening so'zlaridan iqtibos keltirdi.
Qayd etish joizki, hozirda "PSJ" Fransiya chempionati Liga 1 turnir jadvalida o'ninchi o'rinni egallab turibdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0