
Gullit: Italiya futbolining muammosi himoyachilar saviyasining pasayishi
Mashhur niderlandiyalik sobiq futbolchi, Italiyada ham o'ynagan Ruud Gullitning fikricha, Italiya futbolining hozirgi muammolari Serie Adagi chet ellik futbolchilarning ko'pligi bilan bog'liq emas. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ba'zi italyan mutaxassislari shunday fikrni ilgari surayotgan bo'lsa-da, Gullit buni rad etadi. "Chet ellik futbolchilar Serie Ada avval ham bo'lgan, ammo bu Italiya terma jamoasining eng yuqori cho'qqilarni zabt etishiga to'sqinlik qilmagan.
Hozirgi muammo himoya chizig'ida, deb o'ylayman. Italiya har doim aqlli himoyachilari bilan mashhur bo'lgan, ular hujumlarni puxta boshlashlari va hujumga yordam berishlari mumkin edi.
Giorgio Chiellini yoki Leonardo Bonucci kabi futbolchilar hozir yetishmayapti. Shu bilan birga, yaxshi hujumchilar ham kam", — deydi Gullit.
Uning qo'shimcha qilishicha, hozirda ko'pchilik futbolchilar himoyaviy vazifalarni bajarishda qiynalmoqda. Gullitning o'zi Italiyada "Milan" va "Sampdoria" klublarida to'p surgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0