"Bavariya" murabbiyi rekord o'rnatdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Bavariya" murabbiyi rekord o'rnatdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Ko'mpani Bundesligada 50-g'alabasini nishonladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Belgiya mutaxassisi bu natijaga 64 ta o'yinda erishdi, bu esa tarixdagi ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkichdir. Undan tezroq faqat Xosep Gvardiola (61 o'yin) ushbu natijani qayd etgan.

Ispaniyalik mutaxassis Myunxen klubini 2013-yildan 2016-yilgacha boshqargan. Vensan Ko'mpani esa klubda 2024-yildan buyon ishlamoqda.

Yakshanba kuni "Bavariya" "Shtutgart" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozonib, Bundesligada mavsum yakuniga to'rt tur qolganida chempionlikni kafolatladi. Ko'mpanining shartnomasi 2029-yil yoziga qadar amal qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish