
"Bavariya" klubi Bundesliganing 30-turida "Shtutgart" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozonib, Germaniya chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Myunxenliklar hujumchisi Garri Xolend chempionlik haqidagi taassurotlarini o'rtoqlashdi. "Bu mavsum jamoamiz uchun ajoyib bo'ldi.
Chempionatni a'lo darajada o'tkazdik, ko'plab gollarga sazovor bo'ldik. Bularning barchasi birinchi kundan boshlab olib borgan mashaqqatli mehnatimiz samarasi.
Chempionlik uchun ko'p ter to'kdik", — deya ingliz hujumchisining so'zlarini ESPN keltirmoqda. Joriy mavsumda Xolend Germaniya chempionatida 27 ta o'yinda maydonga tushdi.
32 yoshli forvard hisobiga 32 ta gol va 5 ta golga uzatma yozildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0