
Madridning «Real» klubi «RB Leyptsig» jamoasi iqtidorli vingeri Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olish arafasida turgandek ko‘rinayotgan edi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Biroq, transfer rasman e’lon qilinishi kechikmoqda. AS nashri ushbu kelishuv nima sababdan to‘xtab qolganiga oydinlik kiritdi.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi o‘zining sobiq agenti bilan bog‘liq jiddiy muammoga duch kelgan. Agent Maks Gradel futbolchini shartnoma shartlarini buzganlikda ayblamoqda.
«Real» klubi transfer borasida Roc Nation agentligi bilan kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, futbolchining avvalgi vakili bilan bog‘liq nizodan bexabar bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Maks Gradel ushbu masala yuzasidan FIFAga shikoyat xati yo‘llagan.
Endilikda xalqaro futbol tashkiloti vaziyatni o‘rganib chiqib, tegishli qarorni qabul qilishi kerak. FIFA transferga ruxsat berishi, uni vaqtincha to‘xtatib turishi yoki butunlay bekor qilishi mumkin.
Ayni damda madridliklar klubi va futbolchi tomoni tashkilotdan yakuniy xulosani kutmoqda. Biz vaziyatning rivojlanishini kuzatishda davom etamiz.






Izohlar
0