Leyptsig Yan Diomandeni jamoada saqlab qolishga qaror qildi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish2

Leyptsig Yan Diomandeni jamoada saqlab qolishga qaror qildi
Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi o‘z iqtidorli futbolchisi Yan Diomandeni sotish niyatida emas. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Jamoa tarkibini saqlab qolishga qaratilgan bu qaror Yevropaning qator top-klublari qiziqishiga qaramay qabul qilindi. Bu haqda nufuzli Bild nashri xabar bermoqda.

Ayni damda Diomande xizmatlariga «Liverpul», «PSJ», «Real Madrid», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» hamda «Chelsi» kabi jamoalar katta qiziqish bildirmoqda. Biroq hozirgi kunga qadar faqat «Liverpul» rasmiy taklif bilan chiqqan.

Mersisaydliklar futbolchi uchun 80 million yevro to‘lashga va yana 20 million yevroni bonuslar ko‘rinishida taqdim etishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Germaniya klubi mazkur taklifni rad etdi.

Manbaga ko‘ra, hech bir da’vogar klub futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor emas. «Leyptsig» rahbariyati esa transfer narxini 120 million yevro deb belgilagan.

Klub mutasaddilari yozgi transfer oynasi vaqtida bu summani to‘laydigan xaridor chiqishiga ishonchi komil emas, shu sababli futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti. Vaziyatni futbolchining o‘z pozitsiyasi ham murakkablashtirmoqda.

Jahon chempionati vaqtida Yan Diomande klubni tark etish istagida ekanligini ochiq aytgan edi. Shunga qaramay, «Leyptsig» rahbariyati optimistik ruhda bo‘lib, futbolchini kamida yana bir mavsum jamoada qolishga ko‘ndirish ustida ish olib bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish