
Madridning "Real" klubi transfer bozoridagi faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
OAV xabarlariga ko‘ra, "Qirollik klubi" "Bavariya" vingeri Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Germaniya grandi futbolchini jamoada olib qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres ushbu transferni amalga oshirish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ispaniyaning "Sport" nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, agar 24 yoshli futbolchining o‘zi "Bavariya"ni tark etish istagini bildirsa, bu transfer jarayonini tezlashtirishi mumkin. "El Debate" manbasiga tayanib yozilishicha, Peres ushbu transfer uchun rekord darajadagi mablag‘ ajratishga tayyor.
Xususan, "Real" futbolchi uchun 190 million yevro kafolatlangan to‘lov va 33 million yevro miqdoridagi bonuslarni taklif qilmoqchi. Shu tariqa, umumiy transfer qiymati 223 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Bu ko‘rsatkich jahon futboli tarixidagi yangi rekord bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda dunyodagi eng qimmat transfer sifatida Neymar "PSJ"ga 222 million yevro evaziga o‘tganligi qayd etilgan.
Ayni paytda Maykl Olise jahon chempionatidan so‘ng "Bavariya" rahbariyati bilan kelajagi borasida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Futbol olamidagi ekspertlar "Real"ning bu qadamini transfer bozoridagi navbatdagi shov-shuvli voqea sifatida baholamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0