Arbeloa «Real Madrid»ning uzoq kutilgan «quruq» o'yini haqida gapirdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Arbeloa «Real Madrid»ning uzoq kutilgan «quruq» o'yini haqida gapirdi
Arbeloa: «"Quruq" o'yin o'tkazish jamoa uchun juda muhim edi»

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoasining uzoq vaqt davom etgan noqulay seriyadan so'ng darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ispaniya chempionatining 34-turidan o'rin olgan bahsda "qirollik klubi" Vinisiusning dubli evaziga "Espanol" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Madridliklar uchun ushbu uchrashuv so'nggi uch oy ichida La Ligadagi ilk "quruq" o'yin bo'ldi.

Jamoa bunga qadar ketma-ket o'nta uchrashuvda o'z darvozasidan to'p olib chiqqan edi. "Hozirgina yonimdan Din Xyuysen o'tib ketdi, u o'yinni goldan saqlab qolganimizdan juda xursand edi.

Bu biz uchun gol o'tkazib yubormaslik naqadar muhim bo'lganini ko'rsatadi. Biz ancha vaqtdan beri bunday natijaga erisha olmayotgan edik.

Nihoyat, buni uddalagan xursandman", — dedi "Real Madrid" ustozi. Ma'lumot uchun, "Real Madrid" jamoasi navbatdagi uchrashuvini 10-may kuni safarda "Barselona"ga qarshi o'tkazadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish