Amiri: «Olis hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisi»

0
Amiri: «Olis hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisi»
"Mayns" yarim himoyachisi Nadim Amiri "Bavariya" vingeri Maykl Olisning ko'rsatayotgan o'yinidan hayratda ekanini yashirmadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Myunxen klubi Germaniya chempionati doirasida "Mayns"ga qarshi kechgan bahsda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvning birinchi bo'limidan so'ng "karnavalchilar" 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Biroq ikkinchi bo'limda Vensan Kompani shogirdlari o'yin tizginini o'z qo'liga olib, raqib darvozasiga javobsiz to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Myunxenliklarning ikkinchi goliga zaxiradan maydonga tushgan Maykl Olis mualliflik qildi.

"Men uchun Olis hozirgi vaqtda dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U shunchaki o'yinlar taqdirini hal qilmoqda", — deya Nadim Amirining so'zlarini keltirmoqda matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, "Bavariya" Germaniya Bundesligasining 31-turidan so'ng 84 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar navbatdagi uchrashuvni Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Parij shahrida "PSJ" klubiga qarshi o'tkazadi.

Mazkur qarama-qarshilikning dastlabki bahsi seshanba kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari