Qashqadaryo va Surxondaryoda kartoshka narxi keskin oshdi

0
Qashqadaryo va Surxondaryoda kartoshka narxi keskin oshdiO'zbekistonda kartoshka yetishtirish rejasi kechikmoqda O'zbekistonda joriy yil yakuniga qadar ichki bozor ehtiyojlarini to'liq ta'minlash maqsadida 180 ming gektar maydonga kartoshka ekish belgilangan edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hozirgi vaqtga kelib, ushbu maydonlarning 118 ming gektarida ekish jarayonlari yakuniga yetdi. Biroq respublikaning ayrim hududlarida bu boradagi ko'rsatkichlar ancha pastligicha qolmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyatida belgilangan rejaning 41 foizi, Surxondaryo viloyatida esa 44 foizi bajarilgan. Ekish ishlarining tizimli ravishda kechikishi iste'mol bozoridagi narxlar barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Mart oyida kartoshka narxi Surxondaryoda 12,4 foizga, Qashqadaryoda esa 9 foizga oshgani kuzatildi. Shuningdek, kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan Xo'jaobod, Andijon, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo'rg'on, Toshloq va Farg'ona tumanlarida ishlar tashkil etilishi qoniqarsiz deb baholandi.

Mazkur yo'nalishda sustkashlikka yo'l qo'ygan viloyat hokimlarining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosarlari hamda tegishli tuman hokimlari zimmasiga mas'uliyatni oshirish bo'yicha aniq vazifalar yuklatildi. Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasiga alohida to'xtalib, barcha zaruriy imkoniyatlar yaratilganini bildirdi.

Mirziyoyev: «Takror aytaman: mablag' bor, resurs bor. Go'sht va kartoshkadan hech qanday masala bo'lmasligi kerak»

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari