Dam olish kunlari O'zbekistonning ayrim hududlarida yomg'ir yog'ishi kutilmoqda

0
Dam olish kunlari O'zbekistonning ayrim hududlarida yomg'ir yog'ishi kutilmoqdaO'zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo kuzatiladi O'zgidromet xizmati 25–26-aprel kunlari uchun mo'ljallangan ob-havo prognozini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko'ra, dam olish kunlari respublikaning aksariyat hududlarida barqaror va yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Shunga qaramay, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi ehtimoli bor.

Xususan, 25-aprel kuni Qoraqalpog'istonning shimoliy tumanlari va Farg'ona vodiysining ba'zi joylarida yomg'ir yog'ishi mumkin. 26-aprel, yakshanba kuni Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Havo harorati shanba kuni kunduzi 28–31 darajani tashkil etsa, janubiy, shimoliy va cho'l hududlarida issiqlik 32–35 darajagacha ko'tariladi. Yakshanba kuni ko'plab viloyatlarda issiq harorat saqlanib qoladi, biroq Qoraqalpog'iston va Xorazmda havo harorati 20–23 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa harorat 25–28 daraja atrofida bo'ladi. Shuningdek, sinoptiklar shamol tezligi kuchayishi haqida ogohlantirdi.

24–25-aprel kunlari shimol va cho'l hududlarida, 26-aprel kuni esa butun respublika bo'ylab shamol tezligi 15–20 m/s gacha yetishi va chang-to'zonlar ko'tarilishi mumkin. Toshkent shahrida shanba kuni yog'ingarchilik kutilmaydi, yakshanba kuni ikkinchi yarmida esa qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli mavjud.

Poytaxtda havo harorati kunduzi 27–30 daraja, tunda esa 14–17 daraja bo'ladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari