O'zgidromet dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini e'lon qildi

0
O'zgidromet dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini e'lon qildiDam olish kunlari O'zbekistonda asosan yog'ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi O'zgidromet xizmatining ma'lum qilishicha, 25-26 aprel kunlari respublika hududida asosan quruq ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Faqat 25 aprel, shanba kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining shimoliy qismlari hamda Farg'ona vodiysida, 26 aprel, yakshanba kuni esa Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli bor. Shanba kuni havo harorati kunduzi 28-31 darajagacha ko'tariladi.

Mamlakatning janubiy viloyatlari, shimoliy hududlar va cho'l zonalarida issiq harorat 32-35 darajaga yetadi. Yakshanba kuni aksariyat viloyatlarda harorat darajasi saqlanib qoladi.

Biroq Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat 20-23 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa 25-28 darajagacha pasayishi ma'lum qilindi. 24-25 aprel kunlari shimol va cho'l hududlarida, 26 aprelda esa respublikaning barcha hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ayrim joylarda chang-to'zonlar ko'tarilishi kutilmoqda. Toshkent shahrida shanba kuni yog'ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni tushdan keyin poytaxtda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli mavjud. Shaharda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi.

Dam olish kunlari poytaxtda havo harorati kunduzi 27-30 daraja, kechalari esa 14-17 daraja atrofida bo'ladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari