O'zbekistonda may oyida aholi uchun uzoq dam olish kunlari belgilandi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

O'zbekistonda may oyida aholi uchun uzoq dam olish kunlari belgilandiO'zbekistonda may oyida aholi uchun uzoq muddatli dam olish kunlari e'lon qilindi

O'zbekistonda 2026 yilning may oyi bayramlar va qo'shimcha dam olish kunlari ko'pligi bilan ajralib turadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, 9 may — Xotira va qadrlash kuni hamda Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga ta'til kunlari beriladi. Prezident farmoniga binoan, 9 may shanba kuniga to'g'ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 11 may, dushanba kuniga ko'chirildi.

Natijada besh kunlik ish haftasida faoliyat yurituvchi xodimlar 9, 10 va 11 may kunlari ketma-ket uch kun dam oladi. Olti kunlik ish tartibidagilar uchun esa dam olish muddati ikki kunni tashkil etadi.

Shuningdek, may oyi yakunida ham aholi uchun qo'shimcha qulayliklar ko'zda tutilgan. Barcha xodimlar uchun 28 va 29 may kunlari dam olish kuni sifatida belgilandi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 30 may ham ta'til hisoblanadi. Agar Qurbon hayiti 27 may sanasida nishonlansa, yakshanba kunini inobatga olgan holda, aholi 27 maydan 31 maygacha jami besh kun davomida uzluksiz dam olishi mumkin bo'ladi.

Bayram sanasiga oy chiqishi bilan bog'liq holda bir kunga aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish