Nigora Karimboyeva yulduzlik kasaliga uchragan davrini yodga oldi

0
Nigora Karimboyeva yulduzlik kasaliga uchragan davrini yodga oldiNigora Karimboyeva yulduzlik kasaliga uchraganini tan oldi Aktrisa Nigora Karimboyeva "Mening oshxonam" ko'rsatuvida ishtirok etib, o'zining ijodiy yo'lidagi inqirozli davrlar haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San'atkorning ta'kidlashicha, mashhurlik ortidan keladigan o'ziga bino qo'yish holati uni ham chetlab o'tmagan. Karimboyeva ushbu ruhiy holatni deyarli barcha ijodkorlar hayotida kuzatiladigan tabiiy jarayon deb baholadi.

Aktrisaning so'zlariga ko'ra, yulduzlik kasali uning hayotida 30 yoshlar atrofida, ko'plab davlat buyurtmasidagi filmlarda suratga tushib, xalqaro kinofestivallarda qatnashgan davrida kuzatilgan. O'sha paytda u o'ziga nisbatan bildirilgan taklif va munosabatlardan qoniqmaslik hissini tuyganini ochiq e'lon qildi.

Karimboyeva bu kabi kibrli yondashuv san'atkor uchun jiddiy kasbiy cheklovlarga sabab bo'lishini tushuntirdi. Xususan, bunday vaziyatda ijodkorlar loyihalardan chetlatilishi va hamkasblari orasida salbiy obro'ga ega bo'lishi mumkinligi qayd etildi.

Aktrisa aynan tashqi muhitdan kelgan "zarbalar" uni o'zini qayta isloh qilishga va odamlar bilan oddiy muloqot qilish ko'nikmalarini tiklashga majbur qilganini bildirdi. Karimboyeva agar ijodkor o'z vaqtida xulosalar chiqarmasa, san'at sohasidan butunlay chetda qolib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari