Manitobada yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqlar va sun'iy intellekt taqiqlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Manitobada yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqlar va sun'iy intellekt taqiqlandiManitobada yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqlar va sun'iy intellekt xizmatlaridan foydalanish taqiqlanadi

Kanadaning Manitoba provinsiyasi ma'muriyati yosh avlodni ijtimoiy tarmoqlar hamda sun'iy intellekt asosida ishlovchi chat-botlardan foydalanishini cheklash bo'yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashabbusni 25 aprel kuni provinsiya rahbari Vab Kinev e'lon qildi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar bermoqda.

Kinevning ta'kidlashicha, zamonaviy platformalar foydalanuvchilarni kontentni to'xtovsiz ko'rishga o'rgatib, bu orqali ularning ruhiy salomatligiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. "Ular ko'proq daromad olish maqsadida bolalarni "layk"lar ortidan quvishga va zararli harakatlar qilishga majburlamoqda", — deydi Kinev.

Mutaxassislarning xulosalariga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlardan muntazam foydalanish uyqu tartibining buzilishi, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi va surunkali ruhiy muammolarga sabab bo'lishi mumkin. Shunga qaramay, mazkur omillar o'rtasidagi aniq bog'liqlikni tasdiqlash uchun qo'shimcha ilmiy tadqiqotlar o'tkazish talab etiladi.

Yangi qonun yoshlarni raqamli muhitning zararli ta'siridan himoya qilishni ko'zda tutadi. Qayd etilishicha, bunday turdagi taqiq Kanada tarixida ilk bor joriy etilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish