
Aktrisa va teleboshlovchi Nigora Karimboyeva “Mening oshxonam” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, ijodiy faoliyati haqida suhbatlashdi. U “Sardor” serialidagi roli uning uchun muhim boshlang‘ich bo‘lganini alohida ta’kidladi. Karimboyeva har bir roliga hurmat bilan qarashini, lekin “Sardor” seriali o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaganini bildirdi.
Nigora Karimboyeva “Sardor” seriali uning universitetni tamomlaganidan so‘nggi birinchi yirik loyihasi bo‘lganini ma’lum qildi. Ushbu serial nafaqat uning, balki Bobur Yo‘ldoshev va Ulug‘bek Yunusov kabi yosh aktyorlar uchun ham katta imkoniyat ochib bergan. Loyiha O‘zbekistonga yangi iste’dodlarni tanishtirishga xizmat qilgan.
Aktrisa shuningdek, shuhratni ilk bor qachon his qilganini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Sardor” serialidan keyin ertalab uyg‘onib, o‘zini mashhur his qilgan. Ko‘chada, avtobus bekatida odamlarning e’tiborini o‘ziga jalb qilganini ko‘rib, shuhratning qadriga yetgan.
Karimboyeva mashhurlik unga yangi tajriba va mas’uliyat olib kelganini ta’kidladi. U o‘zining kasbiy faoliyatida doim yangilikka intilishini va tomoshabilar e’tiborini qozonishga harakat qilishini bildirdi. Aktrisa kelajakda ham qiziqarli loyihalarda ishtirok etishga umid qilmoqda.