Oybek va Nigora “Seni ko’rmasam” taronasi bilan muxlislarni mamnun etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Oybek va Nigora “Seni ko’rmasam” taronasi bilan muxlislarni mamnun etdi
Xonanda Oybek va Nigora yangi taronasi bilan muxlislari e'tiborini qozondi. 16 aprel kuni “Seni ko’rmasam” nomli qo’shiq taqdim etildi va qisqa muddatda keng mashhurlik kasb etdi. Loyiha mood video janrida yaratilgan bo'lib, tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olindi.

Yangi taronaning videoklipi YouTube platformasiga joylanganiga bir kun ham to'lmasdan 125 mingdan ortiq ko'rishga erishdi. Muxlislar qo’shiqqa yuzlab ijobiy izohlar qoldirishdi. Tarona matni Elyor Maxsumov tomonidan yozilgan bo’lib, u ayriliq, sog’inch va uchrashuv umidini ifodalaydi.

Qo’shiq musiqasi Oybek Alimov tomonidan yaratilgan bo’lib, ohanglari yurakka ta’sir otkazadi. Oybek va Nigora ushbu duetda sevgi hikoyasini o’ziga xos uslubda ifodlagan. Tarona tinglovchilarni shirin xotiralarga cho’ktirib, ichki his-tuyg’ularni uyg’otadi.

“Seni ko’rmasam” taronasi nafaqat musiqa asari, balki sevgi, sog’inch va ayriliq mavzulariga bag’ishlangan ta’sirli ijodiy ish sifatida tinglovchilar qalbidan joy olmoqda. Ushbu qo’shiq muhabbatning nozik ifodalarini o’zida aks ettirib, muxlislarni mamnun etdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish