
Aktrisa Munisa Magamet o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali oilaviy yangilik bilan bo‘lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
“Qizim” va “Puling bo‘lsa” kabi seriallardagi ijrolari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan san’atkor onasining tavallud ayyomi munosabati bilan unga kutilmagan sovg‘a taqdim etdi. Ushbu ezgu tashabbusda aktrisaga uning opa-singillari ham hamrohlik qilishgan.
Farzandlar onalariga BYD rusumidagi zamonaviy avtomobilni sovg‘a qilishga qaror qilishdi. Mazkur voqea aks etgan videolavhalar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
E’lon qilingan kadrlarda oila a’zolari onalariga yangi transport vositasini tantanali ravishda topshirishgani, xonadon sohibasi esa farzandlarining bu e’tibori va kutilmagan tuhfadan katta quvonch hamda hayajon his qilganini ko‘rish mumkin. Aktrisaning bu harakati muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va oilaviy qadriyatlarni ulug‘lovchi holat sifatida baholandi.






Izohlar
0