Xotira qurilmalari narxi 2028-yilgacha o‘sishda davom etishi mumkin

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xotira qurilmalari narxi 2028-yilgacha o‘sishda davom etishi mumkinJahon texnologiya bozorida xotira qurilmalari, xususan, DRAM va NAND narxlari yaqin istiqbolda keskin ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nyu-Yorkda faoliyat yurituvchi Jefferies Financial Group investitsiya banki tahlilchilari tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotda mazkur holat joriy yilning ikkinchi yarmida ham iste’molchilar, ham texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi qayd etilgan. Mutaxassislar fikricha, narxlar o‘sishi tendensiyasi nafaqat shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalar bozoriga, balki serverlar hamda ma’lumotlar markazlari infratuzilmasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Ushbu jarayon ta’minot zanjiridagi cheklovlar va xotira chiplariga bo‘lgan talabning sun’iy intellekt hamda yuqori samarali hisoblash tizimlari hisobiga ortishi bilan izohlanmoqda. Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini optimallashtirishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, bozor muvozanatini tiklash uchun vaqt tal

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish