Toyota 3 100 dollarlik premium kompyuter kreslosini taqdim etdi

0
Toyota 3 100 dollarlik premium kompyuter kreslosini taqdim etdiToyota Crown o'rindiqlari asosida kompyuter kreslosi ishlab chiqarildi Toyota kompaniyasi o'zining mashhur Crown modeli o'rindiqlari dizaynini to'liq takrorlovchi yangi kompyuter kreslosini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining xabar berishicha, ushbu mahsulot Yaponiya bozorida 495 000 iyen yoki taxminan 3 100 AQSh dollari qiymatida baholanmoqda. Avtomobil interyerlarini yaratishga ixtisoslashgan Toyota Boshoku bo'linmasi yangi kreslo uchun o'zgacha dizayn ishlab chiqishni lozim topmadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Crown modelining mavjud o'rindiq konstruksiyasi shundoq ham mukammal tuzilishga ega. Shu sababli yangi mahsulot avtomobil o'rindig'iga xos bo'lgan deyarli barcha texnik imkoniyatlarni o'zida saqlab qolgan.

Xususan, foydalanuvchilar suyanchiq qiyaligi, balandlik va bel qismini qo'llab-quvvatlash tizimini elektr uzatmalari yordamida boshqarishlari mumkin. Shuningdek, kreslo maxsus ventilyatsiya va isitish funksiyalari bilan ta'minlangan.

Qurilmaning eng e'tiborli jihatlaridan biri xavfsizlik kamari qisqichining saqlab qolinganidir. Mazkur qisqich ichiga turli gadjetlarni quvvatlashga mo'ljallangan USB porti joylashtirilgan.

Hozircha kompaniya kreslo akkumulyatori quvvati qancha vaqtga yetishi bo'yicha ma'lumotlarni ochiqlamadi. Eksklyuziv loyiha doirasida jami 70 dona kreslo ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari